Kommunikativ faoliyatning foydasi
Chet tilini mukammal egallash, avvalo, uning yozma va og`zaki shakllarini puxta o`rganishni taqozo etadi. Bu ijobiy natijaga erishishda muhim ahamiyatga ega. Biror shaxs bilan muloqotda bo`lish esa kishidan tilning ijtimoiy o`zaro ta’sir muhitiga kirishni talab qiladi. Agar suhbatdoshingiz o`z javobidan imo-ishora, yuz qiyofasi va tana a’zolari harakatidan foydalanmasa, uning fikrini tushunish chet tilini o`rganayotgan shaxslarga mushkul bo`lishi mumkin. Kommunikativ faoliyatlarning maqsadi til o`rganuvchilarni ana shunday munosabatlarga, muhitga javob berishga tayyorlashdir. Kommunikativ faoliyat ikki: yozma va og`zaki nutq, turlariga bo`linadi. Og`zaki nutq orqali chet tilini o`rganuvchi: xulosaga kelish; diskussiya qilish; ko`rsatmalar berish; muammoni hal etish; o`zi haqida so`zlash; rolli va vaziyatli o`yinlarda ishtirok etish malakalarini orttiradi.
Og`zaki kommunikativ faoliyatning biri xulosaga kelishdir. Тil o`rganuvchi barcha turdagi malakalarni o`qish, yozish, gapirish, tinglashni xulosa qilish orqali bilishi mumkin. O`rganishning barcha usullari til o`rganuvchilar ko`rib, eshitib, ushlab, bajarib o`rganish shakllarida ishtirok etishlari mumkin. Shuning uchun ham bunday faoliyatlar katta uslubiy ahamiyat kasb etadi.
Misol uchun, uquvchilarga ta’tilda Londonga borish uchun buyumlar olish taklifi beriladi. Ular ana shu olinadigan narsalar yuzasidan xulosaga kelishlari lozim. Buning uchun darsda quyidagilar amalga oshiriladi: talabalarga Londonda 2 hafta bo`lishlari uchun zarur bo`lgan narsalar ro`yxatini yozish taklif qilinadi. Ro`yxat yozilgandan so`ng talabalar 2 tadan juft hosil qilib, ro`yxatni qaytadan yozadilar. Ikki juftlik qo`shilib, 4 ta a’zo uchun ham ma’qul bo`lgan ro`yxat tuzadilar. So`ngra guruhlar birgalashib, narsalar ro`yxatini yana bir bor tuzadilar. Uzoq davom etgan munozaralardan so`ng har bir guruh o`zining tanlovini asoslab berishi lozim bo`ladi.
Bu faoliyat til o`rganishning ilk bosqichlarida ham qo`llanishi mumkin. Bilim darajasi yuqori bo`lgan guruhlarda uni yanada murakkablashtirish uchun ijodiy ishlar tashkil qilinishi ham foydadan holi emas. Bizningcha, bunday faoliyatlar til o`rganuvchilar uchun ijodiy muhit yaratib beradi.
Chet tilini o`qitishda ta’lim samaradorligini oshirishning faoliyat turidan yana biri bu «aqliy xujum”dir. Bu faoliyatni amalga oshirish uchun biz guruhga umumiy muammoli savol bilan murojaat qilamiz. Masalan, savol quyidagicha bo`ladi. 2030 yilga borib, yer yuzida inson foydalanishi zarur bo`lgan 50 yilga yetadigan suv va 300 yilga yetadigan ko`mir qoladi. Agar shunday bo`lsa, inson nima qilishi kerak?
Savolga guruhdagi talabalar xohlagan javoblarini berishlari mumkin. Har bir guruh a’zolarining doskaga yozilgan javoblardan eng muqobil 3 tasi tanlab olinadi va ular javoblarini asoslab berishadi.
Bu faoliyatni o`tkazishdan maqsad: til o`rganuvchilar o`z fikrini tez va aniq bayon etishga o`rganishadi; o`z fikrlarini bayon etishda oldingi bilimlariga tayanishadi; yangi fikrlarini bayon etishdan oldingi bilimlariga tayanishadi; yangi fikrlar paydo bo`lishga olib keladi; ularning dunyoqarashi oshadi.
Og`zaki kommunikativ faoliyat turi bilan birga yozma, grammatik o`yinlardan foydalanish ham til o`rganish samaradorligini oshiradi.
Grammatik o`yinlar til o`rganuvchilarni fikrlashga, muloqot qilishga undaydi. Bunday o`yinlar ularning imloni qanchalik oz yoki ko`p bilishlarini ko`rsatadi. Quyidagi grammatik o`yinlar yuqori sinf o`quvchilari uchun qo`l keladi.
Grammatik o`yin: „A focus on condotionals“.
Uni tayyorlashda bir nechta qog`ozga muammoli vaziyatlarni yozasiz.
Masalan: 1) You hear from a friend that someone is seining nasty things about you. What can you do?
2) Someone in your class is giving a party. Everyone has been invited except you. What can you do?
Ikkinchi grammatik o`yin:
Grammar games: Adjectives.
Which is better?
Qog`ozlarga yozib qo`yasiz:
Which is better…
A dog or a cat
Rain or snow
Being a man or a woman
Sleeping or eating.
Grammar games №3.
Gramar race game.
O`qituvchi iikita kartochka tayyorlaydi. Bittasi osonroq, ikkinchisi qiyinroq. Osonroq misollar bilan berilgan kartochkaga quyidagi gaplar yoziladi:
A) Add some or any!
I like those roses pleas give me…
What a pity there aren’t t…red ones!
B) Insert since or for.
I haven t seen you…three days.
Ikkinchi kartochkaga qiyinroq vazifa beriladi:
A) Put the verb into the correct tense:
I’d rather you (pay) me now: suppose he (ask) me for the money tomorrow.
B) If I had known he was here…
Bunday grammatik o`yinlarning darslarda tez-tez qo`llanilishi, o`quvchilarda tilga munosabatni uyg`unlashtiradi, muloqotda bo`lishni yengillashtiradi, talabalarni guruhlarda ishlashga undaydi, ularning grammatikani qanchalik oz yoki ko`p bilishlarini aniqlaydi, o`quvchilarni o`ylashga, muloqot qilishga undaydi.
Хulosa qilib aytish mumkinki, chet tillarni o`rganishda, mustahkam kommunikativ bilim, ko`nikma hamda malakalarni shakllantirishda og`zaki va yozma faoliyat turlaridan keng foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradi. Shu bilan birga til o`rganuvchilarning chet tiliga bo`lgan qiziqishlari ortishiga xizmat qiladi.
Karmana tumani 27-maktabning ingliz tili fani
o`qituvchisi Hosilova Ma'rifat Nosirovna