avatar
Куч
119.12
Рейтинг
+44.05

Мақолалар

RANGLAR INSON HAQIDA SO`ZLAR!!!

Психология
Илм-фан
RANGLAR INSON HAQIDA SO`ZLAR!!!
              Yashil rang
Bu rangni sevuvchilar juda hissiyotli, didli, nozik, tabiatni yaxshi ko`ruvchi, erkinlikni sevuvchi, ishq bobida vafodor va ishonchga loyiq kishilardir.
 
Qizilrang
Burangnisevuvchilarqiziqqon, harakatchan, tezdabirqarorgakeluvchan, jahlitez, harbirishgaarazlabmajorachiqarishniyaxshiko`ruvchikishilardir.
 
Sariq rang
Bu rangni yoqtirgan odamlar, tushungan, ravshan fikrlidirlar. Ular hayolga beriluvchan melanxolik, vafodor, hasadchi, afsonaga aylanish darajasida sevishga urinuvchan bo`ladilar.
 
Ko`k rang
Bu rangni yoqtiruvchilar ichki olamdan ko`ra, tashqi go`zallikni sevuvchilar bo`ladilar. Ular aqlli xushfe’l, bir so`zli, ishqqa vafodordirlar.
 
Binafsha rang
Bu rangni yoqtiruvchilar izzattalab, hammadan kuchli bo`lishni istovchi, mijozi doim g`alayondan iborat bo`lgan odamlardir.
 
Oq rang
Bu rangni sevuvchilar pokiza, ma’suma kishilardir.
Boshqalarga nisbatan mulo-yim, sovuqqon hissiyoti esa kamroq bo`ladi.
 
Qora rang
Bu rang badbin va nizotalab kishilarning sevgan rangi. Bunday kishilar kam kuladi; hamisha tund bo`lib yuradi, ishq bobida beqarordirlar.
 

O`qituvchi va o`quvchi o`rtasida psixologik iqlim!

Блог им. lady83
O`qituvchi va o`quvchi o`rtasida

psixologik iqlim
       O`qituvchi – o`quvchi o`rtasida psixologik iqlim yaratiladi, qachonki        o`qituvchi:
— Ta’lim – tarbiya jarayonida hamisha o`quvchilarda ishonch xissini uyg`otsa;
— O`quvchilarda ta’lim (o`qishning) maqsad va vazifasini bilishni shakllantirsa;
— Doimo o`quvchilarda o`qishga nisbatan ichki motiv borligini his qilsa;
— O`quvchilarning biror muammoni yechishda, qiynalganda murojaat qilish mumkin bo`lgan manbaga aylansa;
— O`quvchilarning murojaat manbaiga aylansa;
— O`quvchi (o`quvchilar)dagi hissiy kayfiyatni sezish va uni qabul qilish qobilyatini o`zida o`stirsa;
— O`zaro hamkorlikni tushunib unga faol qatnashsa;
— O`z hissiyotini ochiq oydin namoyish etsa;
— Har bir o`quvchining ichki dunyosini bilish va unga hamdard bo`lishga intilsa;
— O`z-o`zini yaxshi bilsa va baholay olsa yaratiladi.

ODAMLARGA YOQISH UCHUN ESLATMA!

Блог им. lady83
ODAMLARGA YOQISH UCHUN...

  • Odamlarga yoqish uchun suhbatni salomlashishdan boshlang.


  • «Sen» so’zini ishlatmang, doimo, Kim bo’lishdan qat’iy nazar «Siz» lab gaplashing.


  • Suhbat davomida suhbatdoshingizni ismini ayting. «Sharqona» qo’shimchalar («oy», «bek», «jon», «xon»)ni qo’shsangiz yanada yaxshiroq bo’ladi.


  • so’zlashganda o’zingizni emas, suhbatdoshingizning qiziqishiga ko’proq e’tibor bering.


  • har qanday so’zni, gapni buyruq ohangida emas, iltimos ohangida ayting.


  • Suhbatdoshingizning ijtimoiy o’rnini e’tiborga olib gaplashing.


  • So’zlashganda suhbatdoshingizning mijozi, temperamentini e’tiborga olib gaplashing.


  • Suhbat dovomida hissiyotga berilib, mimika, pantomimika ishlatib (me’yorida) gaplashing.


  • Gaplashganda «joy», «o’rin», «vaqt», «yosh» tushunchalarini e’tiborga oling.


  • So’zlashganda qisqa, aniq, ravshan gapirishga o’rganing.


  • Gaplashganda suhbatdoshingizga qarab gapiring va tinglashni biling.


  • Suhbatdoshingizni gapini bo’lmang. Birdaniga bir necha kishi bilan ijobiy hissiyot bilan boshlab, shu bilan tugating.


  • Muloyim, o’rtacha ovozda gaplashmang.


  • Suhbatni ayrim so’zlarga urg`u berib gapirishga o’rganing.


  • Xulosa qilib aytganda: siz qanday gapirishni istasangiz, shunday gapiring. Odamlarga yoqishingizga omad yor bo’lsin.  

O`quvchilarning og’zaki fikrlash qobiliyatlarini o`stirish! (5)

Блог им. lady83
 
O`quvchilarning dars jarayonida
og’zaki fikrlash qobiliyatlarini o`stirishda
 o`yin usullaridan foydalanish(davomi)

2-boshlovchi:-Biror nuqtaning koordinatasi deb shu nuqtaga mos keluvchi songa aytiladi.
1-boshlovchi:-Masalan, A, B, C, D nuqtalarning koordinatasini son o`qida joylashtiramiz.
Boshlovchi o`quvchi: — Mana aziz ustozlar va tengdoshlarim, ajoyib ochiq darsni ham ko`rib bahramand bo`ldik, endigi dasturimiz “Labirint”



Labirintdan o`tish uchun kitobingizdan misollarni ishlashingizga to`g`ri keladi, aziz o`quvchilar!

       Shu tarzda ixtiyoriy matematik o`yin orqali dars davom ettiriladi va dars so`nggida uyga vazifa beriladi.

O`quvchilarning og’zaki fikrlash qobiliyatlarini o`stirish! (4)

Блог им. lady83

 


O`quvchilarning dars jarayonida


og’zaki fikrlash qobiliyatlarini o`stirishda


 o`yin usullaridan foydalanish


(davomi)


Sanoq boshi: — Men sanoq boshiman. Men son o`qining qoq o`rtasida joylashganman va har doim 0-nol sonidan boshlanaman. Agar meni son o`qida joylashtirmasangiz. Boshqa sonlarni ham joylashtira olmaysiz.


2-boshlovchi: — Sanoq boshini joylashtirganimizdan son`g birlik kesmalarni tanlaymiz.


Birlik kesma: — Tengdoshlarim, men birlik kesmaman. Men sanoq boshining o`ng va chap tarafida joylashaman va har bir sonning turar joyini aniqlab beraman. Ularning har biri uchun bir xil joy ajrataman 


1-boshlovchi:-Birlik kesmalarni tayinlaganimizdan son`g barcha sonlarni joylashtirib chiqamiz.


Musbat koordinata nuri:-Men musbat koordinata nuriman va har doim sanoq boshi noldan o`ng tomonda joylashaman.


Manfiy koordinata nuri:-Men esa manfiy koordinata nuriman. Men doim sanoq boshi noldan chap tarafda joylashaman.


Musbat va manfiy koor.nurlari:(birgalikda) – Biz son o`qida cheksiz joylashganmiz.

O`quvchilarning og’zaki fikrlash qobiliyatlarini o`stirish! (3)

Блог им. lady83
O`quvchilarning dars jarayonida
og’zaki fikrlash qobiliyatlarini o`stirishda
 o`yin usullaridan foydalanish
(davomi)

“O`tmishsiz kelajak bo`lmas”
O`quvchi-1:                
Matematika bu fanlar sultoni
Fizika, ximiya unga egizak.
Al-Xorazmiy, Beruniylar hissasi
Fanlarning ko`ksiga qo`yilgan bezak.
-         Aziz tomoshabinlar endi tariximizdan lavhalarni tinglang.
O`quvchi-2: -Matematika atamasi grekchadan olingan bo`lib uni fanga Pifagor olib kirgan.
O`quvchi-3: — Hozir biz foydalanayotgan raqamlar hind raqamlari bo`lib, ularni Yevropaga arablar tarqatgani uchun arab raqamlari deb ataladi.
O`quvchi-4: — Manfiy sonlarni son o`qida noldan chap tomonda joylashtirish gollandiyalik matematik Jirar va mashhur fransuz olimi Rene Dekart asarlarida uchraydi.
O`quvchi-1: — Mana azizlar, tariximizdan lavhalarni tingladingiz, e’tiboringiz uchun raxmat.
 
Boshlovchi o`quvchi: — Endigi navbat keyingi dasturimiz, ya’ni “Kasbimiz — faxrimiz” dasturiga.
O`quvchi-6:-Assalomu alaykum ustozlar va o`quvchilar. Bugun dasturimizga turli kasb egalarini taklif etganmiz. Ularning o`z kasblari haqidagi fikrlarini tinglasak.
O`quvchi-7:-Men shifokorman. Mening vazifam kasallarni sog`aytirish. Men o`z kasbimdan faxrlanaman.
O`quvchi-8:-Men o`qituvchiman. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish mening vazifam. Men o`z kasbimdan faxrlanaman.
O`quvchi-9:-Men iqtisodchiman. Yurtimiz iqtisodini rivojkantirish uchun xizmat qilaman. Men o`z kasbimdan faxrlanaman.
O`quvchi-6:-Mana o`quvchilar turli kasb egalarining o`z kasblari haqidagi fikrlarini eshitdingiz. Siz ham faxrlanish uchun o`z kasbingizni tanladingizmi?
Boshlovchi o`quvchi: — Keyingi dasturimiz “Bugun darsimizda …”
1-boshlovchi o`quvchi:-Bugungi mavzumiz musbat va manfiy sonlarni son o`qida tasvirlash ekan, buning uchun avval son o`qini yasab olamiz.
2-boshlovchi o`quvchi:-Birinchi qadamimiz to`g`ri chiziq chizamiz va chapdan o`ngga qarab yo`nalish tanlab o`q uchini qo`yamiz.
(xonaga bir o`quvchi koordinata o`qini olib kiradi)
1-boshlovchi: -Keyin esa shu to`g`ri chiziqda biror O nuqtani belgilaymiz.


O`quvchilarning og’zaki fikrlash qobiliyatlarini o`stirish! (2)

Блог им. lady83
O`quvchilarning dars jarayonida
og’zaki fikrlash qobiliyatlarini o`stirishda
 o`yin usullaridan foydalanish
Bundan tashqari noan’anaviy ochiq darslarni ko`proq olib borish ham o`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishlarini orttiradi. O`quvchilar ham o`zlari izlanib, darslarga yanada chuqurroq tayyorlanishga harakat qilishadi.  
         Mana shunday ochiq darslardan biri “Matematik intervyu darsi”. Bunday darsda o`quvchining nafaqat matematika faniga bo`lgan qiziqishlari balki turli kasblarga, turli fanlarga bo`lgan qiziqishlari ham ortishini ko`rish mumkin.
INTERVYU DARSI
Dars mavzusi:Musbat va manfiy sonlarni son o`qida tasvirlash
Darsning borishi:
         I. Tashkiliy qism
                  a) psixologik iqlim yaratish;
                  b) O`quvchilar diqqatini jalb qilish uchun savol-javoblar.
         II. Darsning rejasi:
a)    “Aqliy hujum” (o`tilgan mavzu bo`yicha savollarga javoblar);
b)     Yangi mavzu bayoni;
c)     “Labirint” o`yini (yangi mavzu bo`yicha misollar yechish)
d)    “Biz matematikani sevamiz” (krossvord va matematika sharada)
Darsning bayoni:
         Dars shiori:
Ilmimiz yanada bo`lsin ziyoda,
Parvozlar etaylik, bizlar dunyoda.
         Maqsadimiz:
Yurt uchun naïf tegadigan
barkamol inson bo`lib yetishish
Boshlovchi o`quvchi:
— Assalomu alaykum aziz ustozlar va tengdoshlarim. Bugungi dasturlarimiz ketma-ketligi bilan tanishing.
         Birinchi navbatda “O`tmishsiz kelajak bo`lmas” dasturini tinglab tomosha qilasiz. Son`gra “Kasbimiz — faxrimiz” dasturi orqali turli kasb egalari bilan tanishasiz. “Bugun darsizmida …” dasturida esa Navoiy viloyati Karmana tumani A.Qodiriy nomli 27-maktabning 6-A sinf o`quvchilari ishtirokida ajoyib ochiq darsni namoyish etamiz va shu bilan birga “Labirint” va “Biz matematikani sevamiz” dasturlarini ko`rib bahramand bo`lasiz. Marhamat tomosha qiling!
“O`tmishsiz kelajak bo`lmas”

O`quvchilarning og’zaki fikrlash qobiliyatlarini o`stirish! (1)

Блог им. lady83
O`quvchilarning dars jarayonida
og’zaki fikrlash qobiliyatlarini o`stirishda
 o`yin usullaridan foydalanish
 
        Umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim standarti o`quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo`yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
        Har bir sinf yakunida o`quvchilar egallashi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar ta’lim predmetlari bo`yicha ishlab chiqilgan o`quv dasturlarida o`z aksini topgan.
        Shunday ekan, o`quvchilarimiz bu bilim, ko`nikma, malakalarni to`liq o`zlashtirishga tayyormi?
        Bir necha yillik pedagogik tajribam davomida ko`plab muammolarga duch kelib, bu vaziyatlardan chiqish yo`llarini izlab topishga harakat qilib kelmoqdaman. Buning natijasi o`laroq, darslarda ijobiy yordam bergan ba’zi usullarni sizlar bilan o`rtoqlashmoqchiman.
        Mahoratli o`qituvchi eng avval o`quvchilarning diqqatini mashg’ulotlarga jalb eta oladi. Diqqat bilan olingan bilim o`quvchining fikrlash doirasini kengaytiribgina qolmay, og’zaki nutqini o`stirishga, tasavvur tushunchalarini uyg’unlashtirishga yordam beradi.
        Matematikadan o`quvchilarning og’zaki nutqini o`stirishda dastlabki qadam matematik o`n minutliklardir.
        O`n minutliklar ichida shunday masala, misol, o`yinlar tanlash kerakki, ular hajm jihatidan kichik bo`lsin, lekin o`quvchilarning faolligini oshirsin, o`quvchilarning kelajakda umumiy bilish faoliyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo`naltiruvchi vosita bo`lib qolsin.
        O`yin turlari sinflarga mos holda tanlansa, o`rganilgan usullar tufayli o`quvchilarning hozirjavobligi oshadi.
Dars-ta’lim-tarbiya jarayonining eng nozik nuqtasi, poydevoridir. Ta’lim sohasidagi o’zgarishlar tufayli darsning shakli va mazmuni, ta’sirchanligi, samaradorligi, baholash mezonlari ham o’zgardi. Bugungi kun o’qituvchisi yangilikka intiluvchan, uni to’g’ri qabul qilib o’z o’quvchilariga yuksak darajada yetkaza olishi zarurdir. Usullarda o’z o’rnida foydalanish, yangi bilimni o’quvchilarga yetkaza bilish o‘qituvchidan ko’p izlanishni talab qiladi.
        Zamonaviy o’qituvchi avvalo, bolalarni, kasbini mehr bilan sevishi, doimo o’qib-o’rganishi, ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishi kerak.

MATEMATIKA - FANLAR ICHRA SHOH...

Блог им. lady83
        MATEMATIKA FAN OYLIGINING O`TKAZILISHI. 
        Xalq ta'limi Vazirligining 2007-yil 18-yanvarda chiqarilgan «Umumta'lim muassalarida fan oyliklarini o'tkazish to'g'risida”gi 16-sonli buyrug'iga asosan maktabda matematika va informatika fanlari bo`yicha oylik o'tkazildi.
         Matematika va informatika oyligi reja asosida olib borildi va yaxshi natijalarga erishildi. O`quvchilar Al Xorazmiy va Beruniy rasmlarini chizib kelishgan devoriy gazetalar chiqarildi. O`quvchilar o`rtasida “Zakovat”, “7x7” yoxud “O`yla, izla, top” o`yinlari tashkil qilindi.
         Matematika va informatika fan oyligi burchagi tashkil etilib, unda o`qituvchilar ishlaridan namunalar, o`quvchilar tayyorlagan ishlaridan namunalar: testlar, referatlar, krossvordlar, fazoviy jismlar, ko`rgazmali qurollar tashkil qilindi. Oylik davomida o`quvchilar o`rtasida tanlovlar e’lon qilinib oylik oxirida “Eng yaxshi krossvord va skanvord yaratuvchisi”, “Eng chiroyli fazoviy jism ixtirochisi”, “Eng mazmunli referat yozuvchi”, „Eng ma'noli matematik burchak“, „Eng chiroyli matematik ko`rgazma“ va boshqa nominatsiyalar bo`yicha o`quvchilar rag`batlantirildilar. 

         Navoiy viloyati Karmana tumani 27-umumiy o`rta ta'lim maktabida 2012 yil fevral „Matematika va informatika fan oyligi“da fan bo`yicha ochiq eshiklar kuni bo`lib o`tdi va bunda tumandagi barcha maktablardan o`qituvchilar kelib darslarda qatnashdilar va fikr almashdilar. Maktab o`quvchilari darslarga, tadbirlarga a'lo darajada qatnashib har taraflama o`zlarini bilimlarini yaqqol tarzda ko`rsatdilar. 




















































Matematika g`oyat yuksak fan,

Undagi mo`jiza butun bir olam.

Sen uning sirlarin gar egallasang,

Dunyoda bo`lasan buyuk bir odam!

BOSHIM UZRA HILPIRAYDI BAYROG`IM!!!

Блог им. lady83
BOSHIM UZRA HILPIRAYDI BAYROG`IM!!!

O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Bayroq — davlat suverenitetining ramzlaridan biridir.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud bo`lgan g`oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo`lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan
holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o`zligini ham aks ettiradi.
Bayroq to`rtta rangdan, 12 yulduz va yarim oydan iborat. Xalq idrokida bu timsollar quyidagicha tushuniladi:
Havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir.
Moviy — lojuvard — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham o`z bayrog`iga bu rangni tanlagan.
Oq rang— tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o`z yo`lida baland dovonlardan oshib o`tishi kerak. Bayroqdagi oq rang O`zbekiston Respublikasi tanlagan yo`lning musaffo va charog`on bo`lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Yashil rang— cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni.serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.
Bayroqdagi ikki qizil yo`l— mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ishora qiladi. Qizil yo`llar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.
12 yulduz— O`zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarni bildiradi. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.
Yarim oy— yurtimiz Islom Sharqi mamlakati ekanligini bildiradi. Yarimoy — O`zbekiston xalqining ko`p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.
      Navoiy viloyati Karmana tumani 27-umumiy o`rta ta'lim maktabida davlatimiz ramzi bo`lgan Bayrog`imizning qabul qilingan kuni munosabati bilan ochiq darslar, tadbirlar olib borildi. o`quvchilar bunda o`zlarining bor bilimlarini ko`rsatdilar.









 










Boshim uzra hilpiraydi bayrog`im,
Senga boqsam chaqnar ko`zim, qarog`im.
Moviy, yashil, oppoq erur ranglari,
Qizil chiziq tomirdagi qonlarim.
Hilpiraydi ona yurtim bayrog`i,
Sen erursan yuraklarning ardog`i

OITS-ASR VABOSI!

Блог им. lady83


KUCHLARNI BIRLASHTIRAMIZ, OITSNI YENGAMIZ!
        OITS(Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi) — davolanilmagan taqdirda 'OIV'(Odam Immunitet-tanqisligi virusi)ning immunitetni ishdan chiqishiga yo'l ochgan bir sindormdir.
OIVtashiganlarga, OIV musbat deb ataladi. OIV musbat va OITS farqlidir. Har bir OIV musbat bo'lgan kishi OITS lar orasiga qo'shilmaydi. Hozirgi kunda OIV musbatlar turli hil yo'llar bilan davolanib, OITSlarni orasiga qo'shilmasdan yashab kelmoqdalar. OIV musbat bo'lgan kishilar ortiq o'limlarini kutmayaptilar. Hozirgi kundagi davolanish yo'llari bilan, OIV/OITS ortiq surunkali bir kasallikdir.
        OIV virusi qonga yuqqandan so'ng bir necha yil davomida o'zini sezdirmaydi. Virus yuqqandan so'ng test qildirilgan taqdirda, faqatgina 3 oydan so'ng to'g'ri javobni ko'rsatadi.
     Qizil lentacha OITSga qarshi kurash ramziga aylangan, hech bir tadbir usiz o'tmaydi. Ushbu lentacha OITSni tushunish ramzi sifatida 1991 yilning bahorida o'ylab topilgan. Lentacha g'oyasi rassom Frank Murga tegishli. U Nyu-York shtatidagi kichikroq shaharchada yashagan.
       «Qizil lentacha»loyihasi rasman 2000 yilning 2-iyunida «Tony Awards» mukofotini topshirishning an'anaviy 45-marosimidan boshlandi.
Navoiy viloyati Karmana tumani 27-umumiy o`rta ta'lim maktabida har yili «OITSsiz kelajak sari» tadbiri bo`lib o`tadi. Maktabda «qizil lenta» tashkil qilingan bo`lib, 5-9-sinflarning barchasi qizil lenta taqishadi. Maktab o`quvchilarining «IMMUNITET» guruhi tumanlararo bo`lib o`tgan tanlovda faxrli I o`rinni egallashdi.



Bu tadbirda o`quvchilar «Biz sog`lom turmush tarzi tarafdorimiz» shiori ostida qatnashdilar.



 
 

NAVRO`Z - YASHARISH VA YANGILANISH BAYRAMI!!!

Блог им. lady83
NAVRO`Z — YASHARISH VA YANGILANISH BAYRAMI!!!

Navro`z keldi,
Navro`z keldi o`lkamga.
Navbahorning zavqi-shavqi o`zgacha.
Seni ko`pdan sog`ingandik, Navro`zim,
Hammadan ko`p sog`ingan bu-men o`zim.
         Navro'z qadimiy milliy bayrami («Navro'z bayrami») fors tilidan tarjima qilindanda «yangi kun» ma'nosini anglatadi. Navro'z bayrami 21 mart kuni nishonlanadi va yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Kecha va kunduzning bir hilligidir — 12 soat. Yer butunjaxon astronomik tenglashgan davriga kirib keladi. Yana shu davrda yarimshar bo'yicha yil fasllari o'zgarib turadi, agar janubiy yarimsharda kuz kelsa, shimoliy yarimsharda esa- bahor. Xalqimizda “Yaxshi odam – ko‘zidan, yaxshi yil – Navro‘zidan ma’lum” degan chuqur mazmunli maqol bor.
         
























 


    Bizning Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 27-umumiy o`rta ta'lim maktabida ham bayram katta tantana bilan nishonlanadi. Har yilgi an'anaga aylangan tanlovlar «Eng ko`p milliy taom», «Milliy kiyim ko`rkimiz», «Eng chiroyli va balandga uchgan varrak», «Polvonlar kurashda sinaladi» va boshqalar bo`lib o`tadi. Shu bilan birga 9-sinf qizlari orasida «Qizlar davrasi», yigitlar o`rtasida «Balli yigitlar» konkurslari ham bo`lib o`tadi. Bayram juda ham yuqori kayfiyatda o`tkaziladi.
Barchamizning tilagimiz – Yaratganimizning o‘zi el-yurtimizga, har bir oila, har bir xonadonga fayzu baraka, baxtu saodat bersin, dasturxonimizni to‘kin, rizqimizni butun qilsin.

 

ANIQ FANLARNI O`QITISHDA IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH (2)

Блог им. lady83
ANIQ FANLARNI O`QITISHDA IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH
Iqtidorli o`quvchilar bilan qiziqarli masalalar ustida bosh qotirish lozim. O`rganilayotgan dasturga mos kelgan ba’zi qiziq masalalar ularni jonlantiradi. Bu haqda mashhur matematik Paskal bunday degan: “Matematika fani shunchalik jiddiyki, uni qiziqarli qilishning iloji bo`lib qoldimi, buni qo`ldan boy bermaslik kerak”.
Qiziqarli masala deb ko`pincha qiziq, g`alati shartlarga ega bo`lgan masalalarga aytiladi. Bunday og`zaki “bezash”, “libos” masala yechimini – javobini topishga kuchli intilish tug`diradi.
Quyidagi berilgan oddiygina chizma dan turli qiziqarli masalalar tuzish mumkin, yoki dasturdagi mavzularda foydalanish mumkin. Buning uchun o`qituvchi o`zi fikr bermasdan avval, o`quvchilardan bundan qanday foydalanish mumkinligini so`raydi.
     Qiziqarli masalalar fikrlash qobiliyatini kuchaytiradi, shuning uchun ulardan dam olish daqiqalarida foydalanish yaxshi natija beradi. Oddiy masalani juda ham qiziqarli deb bo`lmaydi albatta. Masalan: kubning nechta uchi, nechta qirrasi, nechta yog`i bor? Qirrasi 3 sm ga teng bo`lgan kubning hajmi qanchaga teng? Bunday hollarda iqtidorli o`quvchilardan shu masalani bezash, ya’ni qiziqarli qilish so`raladi va har qaysi o`quvchi o`zining fikrini beradi. Bu fikrlarning barchasini jamlab quyidagicha qiziqarli masala tuzish mumkin: Qirrasi 3 sm ga teng bo`lgan yog`och kub qizil rangga bo`yalgan va har birining qirrasi 1 sm ga teng bo`lgan 27 ta kubchaga ajratilgan. Nechta uchta yog`i bo`yalgan, nechta ikki yog`i bo`yalgan, nechta bir yog`i bo`yalgan va nechta yog`i bo`yalmagan kubcha hosil bo`ladi? Bundan tashqari iqtidorli o`quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini oshirish uchun geometriya fani bo`yicha teorema va masalalarni isbotini qilishni ham o`rgatish mumkin. Masalan, birinchi bo`lib isbot qilinadigan teorema yoki masala o`quvchiga topshiriladi va vaqt belgilanadi:


(ko`pburchak uchlaridan teng uzoqlikda yotgan nuqtalar mavzusidan)Biror αtekislikda L ko`pburchak berilgan. Fazoda shu ko`pburchak uchlaridan teng uzoqlikda bo`lgan nuqtalarning geometrik o`rnini toping.
Agar belgilangan vaqt oralig`ida o`quvchi isbot qila olmasa yoki noto`g`ri yo`nalishda ketgan bo`lsa, bu teoremaning chizmasi beriladi. Iqtidorli o`quvchi albatta chizmaga qarab isbot qilishi oson bo`ladi. Keyingi safar esa boshqa bir shunga o`xshash chizma berilib masalaning sharti qanaqa bo`lishi mumkinligi so`raladi. Bunda o`quvchi har tomonlama bilimga ega bo`lib boraveradi.

ANIQ FANLARNI O`QITISHDA IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH (1)

Блог им. lady83
ANIQ FANLARNI O`QITISHDA IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH
O`qitishdan ko`zlanadigan maqsad bu davlat ta`lim standartlarida belgilangan bilim va ko`nikmalarini o`quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o`quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o`quvchi malaka oshirish uchun mo`ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o`qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo`ladi.
Ma`lumki, ta`lim olish jarayoni – bu ma`naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta`lim oluvchining o`zi orqali yoki boshqa birov — ta`lim beruvchining ko`magida amalga oshirilishi mumkin.
Matematika faniga qiziquvchi iqtidorli o`quvchilarga matematika darsida olgan bilimlari kamlik qiladi. Ular matematikaga oid ko`proq bilim olishni, matematikaning turmushda qanday qo`llanishini bilishni, qiziqarli va murakkab masalalarni ko`proq yechishni, hisoblash vositalari bilan ishlashni, matematika tarixiga doir ma’lumotlar bilan tanishishni, fanning eng yangi yutuqlaridan xabardor bo`lib turishni istaydilar. Buning uchun iqtidorli o`quvchilar bilan alohida ishlash to`garagi tashkil qilinishi lozim. Mening fikrimcha bunday to`garaklarni quyidagi tartibda olib borish lozim:
·        Tanlab olingan mavzular dastur bilan bevosita bog`liq bo`lishi kerak. To`garak mashg`ulotlarining sinfda o`tiladigan mashg`ulotlar bilan bog`lanishi va mosligi o`quvchilarning bilim darajalarini oshishiga yordam beradi;
·        To`garak ishi ish rejasiga fan haqida, jumladan: Lobachevskiy geometriyasi haqida, nazariy arifmetikaning ba’zi bir masalalari haqida, tarixiy masalalar va hokazo haqida to`liq tasavvur beradigan mavzularni kiritish lozim;
·        Maktabda olingan ma’lumotlarning amalda tatbiq qilinishiga bag`ishlangan mavzular o`quvchilar bilimlarining chuqurlashuviga va bilim doiralarining kengayishiga imkon beradi, ular to`garak mashg`ulotlarida ko`rilishi kerak;
·        O`qituvchi qiziqadigan matematik muammolar to`garak mashg`ulotlarining mavzusi bo`lib xizmat qilishi mumkin;
 
Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash to`garagida matematikadan har xil masalalar yechishga katta o`rin ajratish kerak. Ular orasida qiyinroq, qiziqarli, foydali va qiziq-tarixiy masalalar bo`lishi muhimdir. Bundan tashqari dastur mavzularini chuqurlashtirish bilan bevosita bog`liq bo`lgan masalalarga ko`proq vaqt ajratish maqsadga muvofiqdir. Bunday masalalarga bilim saviyasini kengaytiradigan, ma’lum bir mavzuni yangi munosabatlar bilan boyitadigan, shuningdek, odatdagi usullar bilan yechiladigan masalalarga qaraganda ancha qiyin bo`lgan masalalar kiradi.
Masalan: 1) n5-5n3+4n ko`phad n ning ixtiyoriy natural qiymatlarida 120 ga bo`linishini isbot qiling....... 

 

Oshiq o`lg`aymu edi ...

Шоҳ ва шоир
Шеърият ва адабиёт

Ko`ngulga bo`ldi ajoyib balo qaro soching …


 


Ko`ngulga bo`ldi ajoyib balo qaro soching,


Shikasta ko`ngluma ermish qaro balo soching.


Muyassar o`ldi junun mulki, ey junun ahli,


Nisori ashkni emdi bu kun mango soching.


Soching shikastida bordur shikasta ko`ngullar,


Ko`ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.


Ochildi ko`ngli, chu ochting sochingni, Boburning,


Ne ayb, agar desa dilbandu dilkusho soching.


 


 


 


 


 

Shoh va shoir haqida...

Шоҳ ва шоир
Шеърият ва адабиёт
  • Bobur – dilbar shaxs… uyg`onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo`lgan. (Javoharlar Neru)


  • Bobur botirligining cheki bo`lmagan: uning butun hayoti jasorat namunalari bilan to`lib-toshib yotibdi. (N.I.Veselovskiy)


  • Biz Osiyodagi hukmdorlar ichidan Bobur singari genial va talantli kishilarni kamdan-kam uchratamiz. (Erskin)


 
  • Bobur fe’li-sajiyasiga ko`ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. (Eduard Xolden)


  • Farg`onalik mard, nozikdid, Bobur ismli yigit Gang tekisliklarimizgacha yetib kelgan, buyuk mo`g`ullar sulolasi atalgan saltanatimizga asos solib, o`zini hind deb bilgan edi. (Rajiv Gandi)

Diofant necha yoshda?

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан
 
Diofant hayoti bilan bog'liq ma'lumotlar, bizgacha deyarli yetib kelmagan. Uning hayoti haqida qabr toshidagi bitik xabar beradi, xolos. Quyida o'sha bitik o'zbekchaga o'girilgan. 
Birodar to'xta bir dam
Shu qabrning yonida
Yotar unda Diofant
So'ngi joy makonida.
Shu yerda topdi uning
Uzoq umri nihoya
Qabr toshdagi  yozuv
Hayotidan hikoya.
Bolalik- umrining
Oltidan biri.
Yigitlik damlari-
O'n ikkidan bir.
Uylandi Diofant
Va kutdi farzand...
Farzand orzusida
Kechgan yillari:
Besh yil va umrning
Yettidan biri.
Shundagina ollohim
Etdi ato bir dilband.
Ota umrin yarmicha
Hayot ko'rmish bu farzand.
Farzand dog'i olimning
Jigar-bag'rin tig'ladi.
Ayriliq dardida u
Achchiq-achchiq yig'ladi...
O'g'li vafotidan so'ng
To'rt yilgina yashadi.
So'ng o'zi ham shu qabr
Tomon qadam tashladi.
Qancha umr ko'ripti
Shu qabrda yotgan zot?
Nechun uning ishlarin
Hamon etishadi yod?
Birodar bergin javob,
Bu ishing topar savob...
Diofant necha yil yashaganini toping.  

Pifagor va uning shogirdlari.

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан
Pifagor va uning shogirdlari.
Pifagordan shogirdlaringiz nechta? deb so`raganlarida, shunday deb javob berdi. “Shogirdlarimning yarmi matematikani, to`rtdan biri, tabiatni o`rganishyapti. Ularning yettidan biri vaqtini mulohaza yuritish bilan o`tkazyapti, qolgan qismini esa 3 ta qiz tashkil qiladi”. Pifagorning nechta shogirdi bo`lgan?

Meros

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан
Meros
        Bir cholning uch o`g`li bo`lib, o`limidan so`ng o`gillariga o`n yettita tuyani me’ros qilib qoldiribdi. Vasiyatga ko`ra, katta o`g`lida tuyalarning yarmi, o`rtanchisiga uchdan biri va kenjasiga to`qqizdan biri me’ros qilib qoldirilgan edi. Lekin o`n yetti na 2ga, na uchga na to`qqizga bo`linadi. O`g`illarning tuyalarni bo`la olmasdan boshlari qotdi. Nima qilishni bilmasdan, donishmandga muroojat qilishdi. Donishmand o`z tuyasida kelib, me’rosni vasiyatda ko`rsatilganidek bo`lib berdi. Qanday qilib?