avatar
Куч
119.12
Рейтинг
+44.05

Мақолалар

Kim nimani yozdi?

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан
Qizlar ijod qilganda!!!
      Darakchi redaksiyasiga Shaxlo, Gulrux, Madina, Yulduz, Xolida yozgan hikoya, povest, ocherk, she'r va feleton yuborildi. Har biri faqat bitta asarni yozgan. Madina she'rni Gulrux yozgan deb o`yladi. Gulrux feletonni Yulduz, povestni esa Shaxlo yozgan deb faraz qildi. Yulduz Xolida povestni, Madina esa ocherkni yozgan deb hisobladi. Shaxlo hikoyani Gulrux yozgan, she'rni esa Yulduz ijod qilgan deb taxmin qildi. Natijada ularning hammasi noto`g`ri taxmin qilganliklari ma'lum bo`ldi. Siz balkim toparsiz, KIM NIMANI YOZDI?!

Matematika - olimlarimizning fikricha....

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан

Qaysi kimning fikri, BILASIZMI?!     


       Matematika ob'yektiv borliqdagi miqdoriy nisbatlar va fazoviy shakllarni o`rganadigan, aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan fan. U yoshlarning dunyoqarashini shakllantiradi, ularni hayotga o`tkir ko`z bilan qarashni taqozo etadi va hayotda hamma vaqt aniq maqsadni ko`zlagan holda olib borishni talab etadi. Matematika — moddiy dunyoning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllari haqidagi fan. Matematika haqida barchaning fikri turlicha. Ulardan ba'zilari quyidagicha:


  • Matematika haqiqatni eng sof ravishda va bevosita his etish imkonini beradi. (...........)

  • Musiqa qalb matematikasi bo`lsa, matematika miya musiqasidir. (............)

  • Matematika aqlni tarbiyalaydi? mantiqiy fikrlashga o`rgatadi. (..........)

  • Kim matematikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi, kim uni tushunmasa zulmatda yashaydi. (.........)

  • Matematika — aql gimnastikasidir. (.............)

  • Matematika fanlarning shohi, arifmetika esa uning toji. (.............)

  • Dunyoni sonlar boshqaradi. (..........)

  • Nimaiki qorong`u, shubhali va noto`g`ri bo`lib kelgan bo`lsa, matematika shularning hammasini aniq, to`g`ri va shubha tug`dirmaydigan qildi. (.........)

Chet tilini mukammal egallashda Kommunikativ faoliyatning foydasi!!!

Блог им. lady83

Kommunikativ faoliyatning foydasi

 

      Chet tilini mukammal egallash, avvalo, uning yozma va og`zaki shakllarini puxta o`rganishni taqozo etadi. Bu ijobiy natijaga erishishda muhim ahamiyatga ega. Biror shaxs bilan muloqotda bo`lish esa kishidan tilning ijtimoiy o`zaro ta’sir muhitiga kirishni talab qiladi. Agar suhbatdoshingiz o`z javobidan imo-ishora, yuz qiyofasi va tana a’zolari harakatidan foydalanmasa, uning fikrini tushunish chet tilini o`rganayotgan shaxslarga mushkul bo`lishi mumkin. Kommunikativ faoliyatlarning maqsadi til o`rganuvchilarni ana shun­day munosabatlarga, muhitga javob berishga tayyorlashdir. Kommunikativ faoliyat ikki: yozma va og`zaki nutq, turlariga bo`linadi. Og`zaki nutq orqali chet tilini o`rganuvchi: xulosaga kelish; dis­kussiya qilish; ko`rsatmalar berish; muammoni hal etish; o`zi haqida so`zlash; rolli va vaziyatli o`yinlarda ishtirok etish malakalarini orttiradi.

        Og`zaki kommunikativ faoliyatning biri xulosaga kelishdir. Тil o`rganuv­chi barcha turdagi malakalarni o`qish, yozish, gapirish, tinglashni xulosa qilish orqali bilishi mumkin. O`rganishning barcha usullari til o`rganuvchilar ko`rib, eshitib, ushlab, bajarib o`rganish shakllarida ishtirok etishlari mumkin. Shuning uchun ham bunday faoliyatlar katta uslubiy ahamiyat kasb etadi.

        Misol uchun, uquvchilarga ta’tilda Londonga borish uchun buyumlar olish taklifi beriladi. Ular ana shu olinadigan narsalar yuzasidan xulosaga kelishlari lozim. Buning uchun darsda quyidagilar amalga oshiriladi: talabalarga Londonda 2 hafta bo`lishlari uchun zarur bo`lgan narsalar ro`yxatini yozish taklif qilinadi. Ro`yxat yozilgandan so`ng talabalar 2 tadan juft hosil qilib, ro`yxatni qaytadan yozadilar. Ikki juftlik qo`shilib, 4 ta a’zo uchun ham ma’qul bo`lgan ro`yxat tuzadilar. So`ngra guruhlar birgalashib, narsalar ro`yxatini yana bir bor tuzadilar. Uzoq davom etgan munozaralardan so`ng har bir guruh o`zining tanlovini asoslab berishi lozim bo`ladi.

        Bu faoliyat til o`rganishning ilk bosqichlarida ham qo`llanishi mumkin. Bi­lim darajasi yuqori bo`lgan guruhlarda uni yanada murakkablashtirish uchun ijodiy ishlar tashkil qilinishi ham foydadan holi emas. Bizningcha, bunday fa­oliyatlar til o`rganuvchilar uchun ijodiy muhit yaratib beradi.

        Chet tilini o`qitishda ta’lim samaradorligini oshirishning faoliyat turidan yana biri bu «aqliy xujum”dir. Bu faoliyatni amalga oshirish uchun biz guruhga umumiy muammoli savol bilan murojaat qilamiz. Masalan, savol quyidagicha bo`ladi. 2030 yilga borib, yer yuzida inson foydalanishi zarur bo`lgan 50 yilga yetadigan suv va 300 yilga yetadigan ko`mir qoladi. Agar shunday bo`lsa, inson nima qilishi kerak?

        Savolga guruhdagi talabalar xohlagan javoblarini berishlari mumkin. Har bir guruh a’zolarining doskaga yozilgan javoblardan eng muqobil 3 tasi tanlab olinadi va ular javob­larini asoslab berishadi.

        Bu faoliyatni o`tkazishdan maqsad: til o`rganuvchilar o`z fikrini tez va aniq bayon  etishga   o`rganishadi; o`z fikrlarini bayon etishda oldingi bilimlariga tayanishadi; yangi fikrlari­ni bayon etishdan oldingi bilimlariga tayanishadi; yangi fikrlar paydo bo`lishga olib keladi; ularning dunyoqarashi oshadi.

        Og`zaki kommunikativ faoliyat turi bilan birga yozma, grammatik o`yinlardan foydalanish ham til o`rganish samaradorligini oshiradi.

        Grammatik o`yinlar til o`rganuvchi­larni fikrlashga, muloqot qilishga undaydi. Bunday o`yinlar ularning imloni qanchalik oz yoki ko`p bilishlarini ko`rsatadi. Quyidagi grammatik o`yin­lar yuqori sinf o`quvchilari uchun qo`l keladi.

        Grammatik o`yin: „A focus on condotionals“.

        Uni tayyorlashda bir nechta qog`ozga muammoli vaziyatlarni yozasiz.

Masalan: 1) You hear from a friend that someone is seining nasty things about you. What can you do?

        2) Someone in your class is giving a party. Everyone has been invited except you. What can you do?

Ikkinchi grammatik o`yin:

Grammar games: Adjectives.

Which is better?

Qog`ozlarga yozib qo`yasiz:

Which is better…

A dog or a cat

Rain or snow

Being a man or a woman

Sleeping or eating.

Grammar games №3.

Gramar race game.

O`qituvchi iikita kartochka tayyorlaydi. Bittasi osonroq, ikkinchisi qiyinroq. Osonroq misollar bilan berilgan kartochkaga quyidagi gaplar yoziladi:

A) Add some or any!

I like those roses pleas give me…

What a pity there aren’t t…red ones!

B) Insert since or for.

I haven t seen you…three days.

Ikkinchi kartochkaga qiyinroq vazifa beriladi:

A) Put the verb into the correct tense:

I’d rather you (pay) me now: suppose he (ask) me for the money tomorrow.

B) If I had known he was here…

Bunday grammatik o`yinlarning darslarda tez-tez qo`llanilishi, o`quvchilarda tilga munosabatni uyg`unlashtiradi, muloqotda bo`lishni yengillashtiradi, talabalarni guruhlarda ishlashga undaydi, ularning grammatikani qanchalik oz yoki ko`p bilishlarini aniqlaydi, o`quvchilarni o`ylashga, muloqot qilishga undaydi.

        Хulosa qilib aytish mumkinki, chet tillarni o`rganishda, mustahkam kommu­nikativ bilim, ko`nikma hamda malakalarni shakllantirishda og`zaki va yozma faoliyat turlaridan keng foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradi. Shu bilan birga til o`rganuvchilarning chet tiliga bo`lgan qiziqishlari ortishiga xizmat qiladi.

 

Karmana tumani 27-maktabning ingliz tili fani

o`qituvchisi Hosilova Ma'rifat Nosirovna

Buni qanday qilish mumkin?

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан

Suvli yoki suvsiz?!

     Stol ustida uchta bir xil suvli idish va yana uchta shunday bo`sh idish turibdi. Suvli idishlar birin-ketin, keyin bo`sh idishlar turibdi. Bu idishlarni suvliklari bilan suvsizliklari ketma-ket turadigan qilib joylashtirish talab qilinadi. Faqat bitta idishni qo`zg`atishga ruxsat etilsa, buni qanday qilish mumkin?

Faqat AYOL haqida....

Сен барибир муқаддассан, муқаддас аёл
Жамият

Ayolga muhabbat — hayotga muhabbat!!!

      Ideal ayol yo`q. Buni har bir erkak yaxshi biladi. Lekin, har bir erkak qalbida barcha davrlar va barcha erkaklar uchun ideal bo`lgudek ayol obrazi yashaydi.Ayol farishtadir

          Tabarruk zot olamda ayol,

          Yorim-da, qizim-da, onam-da ayol,

          Serbaxtli ayol, bu baxtli ayol.

           Menga alifboni o`rgatgan ayol,

           Qalbimga mehrni o`rnatgan ayol.

           Farzand qalbin she'r qilgan ayol,

           Mo`min so`zin sher qilgan ayol,

           Ko`rmagay zavol bu ahli ayol.

      Anduhlarga botganingizda dilingizni charog`on etuvchi bir nigoh ostonada kutib olmasa, yakkalikda topgan davlatingiz, unvoningiz, sha'ningiz, qariganda yanada og`irroq g`amlarga soladi. shuning uchun aytadilar: "Ayolsiz koshona — g`amxona".

     Ayol bo`lib tug`ilish ilohiy hukm, ammo, ayollik mudom shaxsiy qismatdir. Mahbubaning ismini tilga olmagan kuning yo Xudoni tilga olishga majbursan, yo Azroilni.

    Hammaning o`ziga bandi ekanligini ayol ko`z yoshlari bilan goho-goho eslatib turadi. Qirq kishining umrini ko`rsang ham bir ayol qalbini to`la bila olmaysan. Erkak qalbini bilish uchun esa «AYOL» degan bir so`z kifoya ekan. Demak, ayollarimizgina emas, hatto «ayol» so`zi ham ilohiydir.

       Osmonlar ishonsa Ayol zotiga,

       Uni sevib qolsa nuqrada Quyosh.

       OLLOH onalikni ravo etganda,

       Hatto farishtalar qilarkan havas.

            Ayol farishtaday bo`lishi mumkin,

            Vafosiz yor uchun o`lishi mumkin.

            Jonidan jon yasab tug`ishi mumkin,

            Nega farishtalar qilmasin havas!!!

Faqat AYOL haqida.......

Сен барибир муқаддассан, муқаддас аёл
Жамият
       Ayolga muhabbat — hayotga muhabbat! Biroq hayotni sevganing ayolni sevganing emas. Chunki, ayol hayotdan ham ulug`roq va qimmatliroq zotki, faqat uni sevish orqaligina hayotni sevishingni isbot etasan. Bilaks, ularsiz hayot zimistondir.
Ayol farishtadirAyol qalbi dengiz kabi ulkan va buyukdir. Zamin dengiz suvidan qanchalar bahramand bo`lsa, inson ham ayol qalbidan, mehridan shunchalar bahra oladi. Hayot guli so`nmasin deb, ayol o`z bokiraligidan voz kechadi. Ayna mana shu fidoiyligi uchun erkak uning atrofida parvona. Oy tun uchun yaralganidek, quyosh kun uchun yaralgan. Ayollar faqat erkaklar uchun yaralgani ham ilohiy mo`jiza.

Yor tanlashda adashmang!!!

Кўнгил битиклари
      Kimki sevsa, senga mehribon bo`lsa, seni erkalasa, u kishi zarur bo`lganda seni ovqatlantirishi ham, issiq bag`riga olishi ham, seni balo-ofatlardan saqlab qolishi ham mumkin. Seni faqat jismoniy ochlikdan qutqargan kishi esa, modomiki, u senga o`z qalb qo`rini baxsh etmas ekan, u istagan bir paytda senga qaramay, senga boqmay qo`yichi ham mumkin.
     Erkak bilan ayol — bir-biri uchun o`zgacha kishilardir, shu tufayli har doim bir-biri uchun qiziqarli va jozibali tuyuladi.
     Yor tanlashda uning tashqi qiyofasiga, qanday kiyinishiga qarab emas, balki qalbining go`zalligiga qarab. aql-idrokiga qarab, vafodor, fidokorligiga qarab, mahorat va mehnatsevarligiga qarab tanlash lozim.
      Birinchi muhabbat — ehtirosli do`stlikdir, bunda ham yondiruvchi hijron azoblari hamda rashk darajasiga ko`tarilgan tanholik istagi mavjud bo`ladi.
Lyubov Kishi ma'lum bir yoshga yetganida o`z tengdoshi bo`lgan do`stining ta'siri unga o`z qarindosh-urug`larining ta'siridan ko`ra kuchliroq bo`ladi. 
«Do`stlikning asosi iroda, did va fikr-mulohazaning batamom bir-biriga muvofiq kelishidan iboratdir» (Цицерон)
      Biroq, o`zing bilan hamfikr bo`lgan bunday kishini topish hayotda kamdan-kam kishiga nasib bo`ladi. bunday do`st sening yaxshi-yomon sifatlaringni taroziga solib tortmaydi, seni xatolaringni qidirb qayta-qayta sinab o`tirmaydi. O`zi ham sendan kechmaydi, sening ham undan kechib ketishingga sabab bo`ladigan ishlarni qilmaydi.
                    … to`lqin
                    Nazm bilan nasr, muz bilan alanga
                    Naqadar farqlidir biri-biridan.
    Hayotda hech narsaga arzimaydigan pastkash kishilar o`rtasida, hayotda mayda-chuyda narsalarga o`ralashib qolgan kishilar o`rtasida hamda turmush kechirish qoidalari shubhali bo`lgan kishilar o`rtasida yuksak darajadagi, yorqin sadoqatli do`stlik hech qachon bo`lmaydi.

Dekabr - o`ninchi oy emasmi?

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан
O`NINCHIMI YOKI O`N IKKINCHI?
       Bizda o`n ikkinchi oy «DEKABR» deb aytiladi. Xo`sh, dekabrning ma'nosini bilasizmi? Bu so`z grekcha «deka» ya'ni «o`n» degan so`zdan kelib chiqqan: dekalitr — 10 litr, dekada — o`n kun degani. Shunga qaraganda dekabr oyi o`ninchi oy degan so`z bo`lsa kerak. Bunday chalkashliklarning sababi nima?
 

Vasiyatnoma!!!

Головоломки и загадки / Бошқотирма ва топишмоқлар
Илм-фан
Vasiyatnoma!!!
      Bir badavlat kishi o`layotib homilador xotiniga vasiyatnoma qoldiribdi. Unda agar xotini o`g`il tug`sa, qolgan mulkining uchdan ikki qismini o`g`liga, uchdan bir qismini onasiga berishni, agar qiz bo`lsa uchdan bir qismini qiziga, uchdan ikki qismini onasiga bo`lib berishni vasiyat qilgan. Xotini egizak o`g`il va qiz tuqqan. Vasiyatni bajarish uchun xotin, o`g`il, qizi va onasi o`rtasida mulkni qanday qilib bo`lib berish kerak?

Vatan himoyachilari kuni!

Блог им. lady83
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni!
 
O`g`lim, bul himatni qilgin boshga toj:

Hech kimsa bo`lmasin nomardga muhtoj.

Er yigit qalqondir yurtiga doim,

Mangudir Vatanda mardga ehtiyoj.

                             Abdulla Oripov
Vatan!
Bu so`z naqadar aziz va muqaddas! Bu so`zni anglab,qalban his qilish uni bolalar qalbiga singdirish har bir o`qituvchi tarbiyachidan ulkan masuliyatni talab etadi.
Vatanni himoya qilish uni tuprog`ini har qarich yerni asrab avaylash faqat harbiy askarlarni emas balki barcha insonlarni muqaddas burchidir.  Dilida iymoni g`ururi o`ti bor inson o`z ona – Vatani uchun qilgan har bir xizmatini bemminat chin yurakdan ado etmog`i lozim. 
Bugungi kunda jamiyatimizda ilm-fan va madaniyat texnika qishloq xo`jaligi va sanoat tezkor rivojlanib borayotkan bir paytda O`zbekiston ham o`zining yuksak tarraqiyot yo`lidan ketmoqda. Ammo davlatimizning bu yutuqlari tinch hayotini ko`ra olmayotkan bizning faqat ezgu g`oyalar asosida yo`naltirilgan maqsadlarimizga to`sqinlik qilmoqchi bo`layotkan buzg`unchi g`oyalar bazi yoshlarimizni yo`ldan urmoqchi bo`ladi va jahon miqyosida O`zbekiston obro`siga putur yetkazmoqchi bo`lishadiAmmo biz ongli yetuk salohiyatli yoshlarimizni ana shunday qabix niyatli g`oyalarga chalinmasligi uchun o`z bilimimiz yuksak tarbiya va manaviyatimiz bilan to`g`ri ezguj maqsadlar sari yo`naltirishimiz kerak. Zero bu sayn harakatlar asosida vatan parvarlik tuyg`usi yotadi.
Olis yurt sarhadlari qo`riqlash ham ilm maqsadlarida fansirlarini egallash ham  turli davlat idoralarida jonkuyarlik bilan faoliyat yuritish ham bobolarimiz Alisher Navoiy, Bobur, Amir Temur, Ibn sino, Al-Xorazmiy meroslarini o`rganish ham vatanparvarlikdir.
 
Tarixga nazar tashlasak, Aleksandr Makedonskiy Movarounnahr tuprog`iga bostirib kelganda unga qarshi chiqqan, mard avlodlarimizdan biri Spitamen vatani uchun yuksak fidoiylik namunasini ko`rsatgan. Spitamenga bas kelolmagan Makedonskiy uni “Qoplon” deb atagan va oxir-oqibat Sipitamenni hiyla bilan o`ldirish rejasini tuzgan.  Yoki Tarixda 674-715-yillarda Movarounnaxr yerlariga bostirib kelgan arab bosqinchilariga ham qarshi vatandoshlarimiz jim qarab o`tirishmagan. Yurtimizning moddiy va mavaviy merosini tanlash  va toptashga harakat qilgan bu dushmanlarga javoban bosh ko`targan Jasur Muqanna Kesh va Buxoro atrofida o`z qo`shinlarini to`plab imkoniyat darajasiga tayyorlanib qarshi kurashganda bosqinchilarni yengib ularni holdan toydirgan Muqqana kuch jihatdan dushmanga teng kelolmasada jang maydonida yurti, xalqi uchun o`z jonini, hayotini fido qildi.
Shiroq To`maris Jaloliddin Manguberdi kabi mard insonlar yurt fidoiylarini o`tmish kitobi yorqin nomlarini qoldirishganlar. Shukurlar bo`lsinki bugun yurtimizda tinchik hukmron. Shunday bo`lsada ajdodlarimiz mardligi milatti uchun ko`rsatgan jasorati gu`ruri har doim bizni to`lqinlantirib ulardek g`ururli insonlar bo`lib yashashga undab turadi.
Bir kun emas, har kuni, har nafasda yurtga muhabbat tuyg`usi uni asrab avaylash, uning ozodligi tinchligi va ravnaqi uchun mas’ul bo`lib yashash har birimizni burchimizdir.