Internet biz uchun...
Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo’lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil tusiqlarga duch kеladi va shu tusiqlarni еngib o’tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kеlavеradi. Lеkin hayot tajribalaridan ma'lumki, ko’pincha yangi kashfiyot ma'lum bir muammoni hal qilish jarayonida yuzaga kеladi. Biz so’zsiz kompyutеrning yaratilishini XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri dеsak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko’ra bugunga kеlib kompyutеr tеxnologiyasi juda rivojlanib kеtdi. Ma'lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumotlarni boshqarish tizimlariga bo’lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta xajmdagi ma'lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to’g’ri kеlyapti.
Jamiyat taraqqiyotida yuz bеrayotgan jadal o’zgarishlar uning bir qismi bo’lgan informatika sohasiga ham o’z ta'sirini ko’rsatmoqda. Bu ta'sir shunchalik kuchliki, axborot tеxnologiyalarida bo’layotgan o’zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o’zgarib va boyib bormoqda.
Hozirgi kunda axborot tarmog'idan foydalanish an'anaviy tus olgan. Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Bu «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da ham ta'kidlanadi. Darhaqiqat, kundalik turmushda bilish zarur bo'lgan axborotlarning ko'pligi, ularni topish, olish va foydalanishni rejalashtirishni talab iladi. Ya'ni, qanday turdagi axborotlarni gazeta, jurnal, televidenie yoki radiodan va qanday axborotlarni boshqa manbalardan, masalan, internet yoki E-maildan olishimiz mumkinligini belgilab olishimiz mumkin.
Men o`z darslarimda ham internetdan olingan qiziqarli ma'lumotlar orqali o`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga harakat qilaman. Albatta bu ma'lumotlar fanimga oid bo`lib, o`quvchilarni shu bilan birga turli kasblarga qiziqish uyg`otishga ham harakat qilaman.
Axborot olami taraqqiyotida keskin o'zgarishlar ro'y berdi va yangi axborot texnologiyalari yuzaga keldi. Internet haqida, uning imkoniyatlari va elektron pochta haqida oxirgi paytlarda ko'p gapirilmoqda. «Kompyuter » va «internet» atamalari kundalik ommabop atamalarga aylanmoqda. Zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta'limning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan, «Internet» ga kirib borishini kengaytirish, yuqori malakali programmalovchi — mutaxxassislar tayyorlash darajasini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Vazirlar Mahkamasi 23 may 2001 yildagi qarori buning yaqqol dalilidir. Internet quyidagi imkoniyatlari bilan afzaldir, bu — informatsiyaga ega bo'lish, yangiliklar bilan tanishish, bilimga ega bo'lish, o'qish, ilg'or texnologiyalar va tajribalar bilan tanishish, ish munosabatlarini tezda hal qilish, sherik va buyurtmachilarni nazorat qilish, iste'molchining talabi va muammolarini bilish, mahsulot bahosini control qilish imkoniyatlaridir. Demak, internet bu yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishish, hamkorlik va harakatlarning birlashuvi, zamonaviy fikrlar almashish, ta'lim olish, tadbirkorlik usulidir. Shunday qilib, internet bu — infradoira bo'lib, uning yordamida ma'lumotlarni uzatish, qabul qilish, boshqarish va tasvirlash mumkin. U tijoratning klassik usullari qo'llanishini va ishni tezda yuritilishini ta'minlaydi, butun dunyo intellektual boyligiga va ayniqsa ilg'or texnologiya va tajribalarga yo'l ochadi, odamlar va xalqlar orasida aloqa o'rnatadi.