BOSHIM UZRA HILPIRAYDI BAYROG`IM!!!
O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan.
Bayroq — davlat suverenitetining ramzlaridan biridir.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud bo`lgan g`oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo`lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan
holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o`zligini ham aks ettiradi.
Bayroq to`rtta rangdan, 12 yulduz va yarim oydan iborat. Xalq idrokida bu timsollar quyidagicha tushuniladi:
Havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir.
Moviy — lojuvard — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham o`z bayrog`iga bu rangni tanlagan.
Oq rang— tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o`z yo`lida baland dovonlardan oshib o`tishi kerak. Bayroqdagi oq rang O`zbekiston Respublikasi tanlagan yo`lning musaffo va charog`on bo`lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Yashil rang— cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni.serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.
Bayroqdagi ikki qizil yo`l— mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ishora qiladi. Qizil yo`llar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.
12 yulduz— O`zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarni bildiradi. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.
Yarim oy— yurtimiz Islom Sharqi mamlakati ekanligini bildiradi. Yarimoy — O`zbekiston xalqining ko`p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.
Navoiy viloyati Karmana tumani 27-umumiy o`rta ta'lim maktabida davlatimiz ramzi bo`lgan Bayrog`imizning qabul qilingan kuni munosabati bilan ochiq darslar, tadbirlar olib borildi. o`quvchilar bunda o`zlarining bor bilimlarini ko`rsatdilar.
Boshim uzra hilpiraydi bayrog`im,
Senga boqsam chaqnar ko`zim, qarog`im.
Moviy, yashil, oppoq erur ranglari,
Qizil chiziq tomirdagi qonlarim.
Hilpiraydi ona yurtim bayrog`i,
Sen erursan yuraklarning ardog`i